“TRT-Avaz”: O‘zbekiston 2030-yilda fuqarolar vizasiz chiqish mumkin bo‘lgan davlatlar sonini 50 taga yetkazmoqchi
Yanvar 10, 2026. 14:24 • 1 daq
• 3
ANQARA, 10-yanvar. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning ommabop “TRT-Avaz” axborot portalida “O‘zbekiston pasporti yuksalmoqda: 2030-yilgi maqsad 50 ta davlatga vizasiz kirish” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida o‘zbekistonliklar vizasiz tashrif buyurish mumkin bo‘lgan mamlakatlar soni asta-sekin oshirilib borishi haqida so‘z yuritiladi.
“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston fuqarolari 35 ta davlatga vizasiz va 42 ta davlatga soddalashtirilgan tartibda kirishlari mumkin. Yangi strategiyaga ko‘ra, bu ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada oshirish rejalashtirilgan. 2030-yilgi maqsad - to‘liq vizasiz sayohat qilish mumkin bo‘lgan mamlakatlar sonini 50 taga yetkazish”, – deyiladi materialda.
Nashrda yozilishicha, ushbu strategik maqsad O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi “ochiq eshiklar” siyosatining davomi sifatida qaralmoqda.
· Viza imtiyozlarining ko‘paytirish orqali quyidagilar maqsad qilingan:
· Iqtisodiy hamkorlik: ishbilarmonlar va investorlarning xalqaro mobilligini osonlashtirish;
· Turizm va taʼlim: O‘zbekiston yoshlari va sayyohlari uchun xalqaro imkoniyatlardan foydalanishni kengaytirish;
· Diplomatik nufuz: O‘zbekiston pasportining global indekslardagi reytingini yaxshilash («Henley Passport Index» va boshqalar).
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish loyihasi matnida nafaqat viza imtiyozlari, balki xalqaro huquq va diplomatik munosabatlarni mustahkamlash masalalari ham o‘rin olgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi