Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma-forumda O‘zbekiston madaniyati va turizm salohiyati keng namoyish etildi

Iyun 01, 2026. 15:55 • 2 daq

52

TYANSZIN, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan “World Intelligence Expo 2026” – sunʼiy intellekt va intellektual texnologiyalarga bag‘ishlangan yirik xalqaro ko‘rgazma-forumda O‘zbekiston madaniyati va turizm salohiyati taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur nufuzli tadbirda Xitoy va xorijiy davlatlarning vazirlik va idoralari, yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalari, turizm, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt sohalari mutaxassislari, diplomatik vakolatxonalar xodimlari hamda yetakchi OAV vakillari ishtirok etdi.

Forum qatnashchilari mamlakatimizda barcha sohalarda jadal surʼatlar bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangilanishlar jarayoni, xususan, turizm yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli ishlar hamda sohada raqamli transformatsiyani tezlashtirishga qaratilgan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi bilan atroflicha tanishtirildi.

Mazkur strategiya doirasida elektron viza xizmatlari, mehmonxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, transport aloqasi, onlayn bron qilish tizimlari va raqamli turistik xizmatlarni yagona foydalanuvchilar uchun qulay muhitga birlashtirgan keng qamrovli Yagona milliy turizm platformasi ishga tushirilgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlarimizda aqlli transport tizimlari, raqamli navigatsiya, jamoat xavfsizligi texnologiyalari hamda aholi va tashrif buyuruvchilar tajribasini yaxshilashga mo‘ljallangan «aqlli shahar» (Smart city) xizmatlari orqali turizm izchil rivojlantirilayotgani aytib o‘tildi.

Xalqaro anjuman doirasida tashkil etilgan milliy pavilyonda yurtimizning boy madaniy merosi, hunarmandchilik anʼanalari va turizm salohiyati namoyish etildi. O‘zbek ustalari tomonidan taqdim etilgan milliy amaliy sanʼat namunalari — kulolchilik va boshqa anʼanaviy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar eʼtiboriga havola etilgan jozibali milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar, sanʼat ustalarining jonli chiqishlari tadbirga haqiqiy bayramona ruh bag‘ishladi.

Umumiy hisobda 700 dan ortiq kompaniya ishtirok etgan ushbu global ko‘rgazmada robototexnika, “smart siti” yechimlari, dron texnologiyalari va raqamli infratuzilmalar markaziy o‘rinni egalladi. “World Intelligence Expo 2026” nafaqat texnologiyalar namoyishi, balki global innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot va kelajak industriyalari atroflicha muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoni sifatida ham katta ahamiyat kasb etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish