Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

Iyun 01, 2026. 09:55 • 57 soniya

174
Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

GUANCHJOU, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. “Guangzhou International Tourism Fair” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan tashkil etilgan taqdimot doirasida ishtirokchilarga mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari va anʼanalari hamda yurtimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir doirasida ekologik turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, tog‘li hududlarda barpo etilgan zamonaviy dam olish majmualari, sayyohlar uchun yaratilgan infratuzilma hamda xavfsizlikni taʼminlash va turistik xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan amaliy chora-tadbirlar taqdimot qilindi.

Shuningdek, ko‘rgazma davomida xorijiy sayyohlik agentliklari va kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda O‘zbekistonga sayyohlar oqimini kengaytirish, hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish