O‘zbekiston elchixonasi xalqaro gastronomik festivalda qatnashdi

Iyun 10, 2026. 17:30 • 2 daq

3

PRAGA, 10-iyun /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi Pragada tashkil etilgan yirik xalqaro gastronomik tadbir – “Elchixonalar taomlari festivali”da ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Festivalda O‘zbekiston milliy taomlari va shirinliklari – palov, somsa va boshqa taomlar taqdim etildi. O‘zbek stendi davlat bayroqlari, turistik broshyuralar, milliy adras va atlas matolari, chaponlar, suvenirlar hamda rubob va doira kabi milliy musiqiy asboblar bilan bezatildi. Shuningdek, fotosuratga tushish uchun maxsus zonalar tashkil etildi, bu esa O‘zbekistonning vizual targ‘ibotini kengaytirdi.

Tadbirga taxminan 15 ming kishi tashrif buyurdi. Mahalliy aholi, xorijiy sayyohlar, diplomatik korpus va Chexiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz qatnashdi. O‘zbekistonning festivaldagi ilk ishtirokini mehmonlar katta qiziqish bilan qarshi oldi.

Festivaldan olingan foto va video materiallar o‘zbek blogerlari va ijtimoiy faollar tomonidan Instagram va Facebook tarmoqlarida keng tarqatildi. Shuningdek, tadbir davomida tashkilotchilar bilan ishchi aloqalar o‘rnatildi va kelgusida O‘zbekistonning Chexiyadagi madaniy va hunarmandchilik loyihalarida ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Elchixonaning festivaldagi ishtiroki mamlakatimizni ushbu maydonda ilk bor munosib tarzda namoyish etish, milliy taomlar va madaniyatni targ‘ib qilish, turistik salohiyatni oshirish, diaspora vakillari bilan hamkorlikni faollashtirish hamda Chexiyada O‘zbekistonning ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish