O‘zbekistonlik muay-taychi “ONE Championship” kamari uchun kechgan bahsda ishtirok etdi
Iyun 27, 2026. 16:00 • 2 daq
• 15
BANGKOK, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Bangkokdagi “Lumpini Stadium” arenasida “The Inner Circle 20” turnirining asosiy jangi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda “ONE FC Flyweight Muay Thai” chempionlik kamari uchun o‘zbekistonlik muay-tay jangchisi Aslamjon Ortiqov rossiyalik sportchi Asadulla Imangazaliyevga qarshi ringga ko‘tarildi,
Aslamjon Ortikov sport faoliyatini Toshkentdagi “Shakhriyor” klubida boshlagan, keyinchalik esa Bangkokda joylashgan “TC Muay Thai” akademiyasida professional faoliyatini davom ettirgan. Chempionlik jangi oldidan u 24 ta jangda mag‘lubiyatga uchramagan holda “ONE Championship”ning eng istiqbolli sportchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Uning raqibi Asadulla Imangazaliyev ham bungacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan va avvalgi barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan edi.
Sport nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, chempionlik jangi yuqori sur’at va keskin raqobat ostida kechib, har ikki sportchining faoliyatidagi eng murosasiz bahslardan biriga aylangan.
Besh raund davom etgan to‘qnashuvda sportchilar yuqori texnik mahorati va irodali kurashni namoyish etdi.
Bahs yakunida hakamlarning bo‘lingan qarori bilan Asadulla Imang‘azaliyev g‘olib deb topildi va “ONE Championship”ning eng yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Jangni O‘zbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi vakillari bevosita arenadan kuzatib, hamyurtimiz Aslamjon Ortikovni qo‘llab-quvvatladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi