Oqtov shahrida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37-yilligi nishonlandi
Oktabr 27, 2026. 19:55 • 56 soniya
• 138OQTOV, 27-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi diplomatlari vatandoshlar o‘rtasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tanlov tashkil etib, O‘zbek tili bayramini tantanali ravishda nishonladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bayram dasturida diplomatik korpus vakillari, madaniyat markazlari va mahalliy jamoat birlashmalari rahbarlari, vatandoshlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida tanlov ishtirokchilari buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid o‘z bilimini namoyish etdi.
Bellashuvda faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari, dastlabki uchta o‘rin sohiblariga “Vatandosh” jamoat fondi mukofotlari topshirildi.
Uchrashuv qatnashchilari shakllanish va rivojlanish jarayoni ko‘p asrlarni qamrab olgan, bir necha muhim bosqichlarni bosib o‘tgan o‘zbek tilining tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



