Fabio Indeo: AQSh va O‘zbekiston strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Oktabr 27, 2026. 19:05 • 2 daq

• 14
Fabio Indeo: AQSh va O‘zbekiston strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

RIM, 27-oktabr. /“Dunyo” AA/. Italiya Osiyo instituti eksperti, xalqaro siyosatshunos Fabio Indeo “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirdi.

– AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi Toshkent va Vashington o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Samarqandda kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining yo‘lga qo‘yilishi har ikki tomon uchun manfaatli va unumli hamkorlikni o‘rnatishga o‘zaro qiziqish borligini ko‘rsatmoqda. Rubio O‘zbekistonda foydali qazilmalarni qazib olish, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik hamda ishlab chiqarish sohalaridagi qo‘shma loyihalarga sarmoya kiritish istagini bildirgan 200 dan ortiq Amerika kompaniyalaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qilib tashrif buyurdi.

AQSh kompaniyalarining O‘zbekistondagi qo‘shma loyihalarga qiziqishi, ayniqsa, muhim minerallarni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi hamkorlik katta iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Bunday hamkorlik O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorlardagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tomonlar O‘zbekistonning ulkan mineral-xomashyo salohiyatini o‘zlashtirish, xomashyoni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida AQSh investitsiyalarini jalb qilishga zamin yaratadigan memorandumlarni imzoladi.

AQSh 2015-yildan buyon ushbu mintaqaviy hamkorlik tuzilmasini ilgari surib kelmoqda. 2023-yilda ushbu hamkorlikning prezidentlar darajasiga ko‘tarilgani va mazkur format doirasida “B5+1” savdo-iqtisodiy platformasining rivojlantirilayotganini inobatga olsak, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarning yaxshilanishi mintaqaviy miqyosda, xususan, “C5+1” formatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu o‘zgarishlarni mintaqa ishlariga jalb etilgan Italiya kabi boshqa xalqaro ishtirokchilar ham kuzatib bormoqda. Bu mazkur mintaqaviy yondashuv hamkorlikning ustuvor modeli sifatida yetakchilik qilayotganini ifodalaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish