Baxtiyor Saidov: O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildik
Oktabr 27, 2026. 18:19 • 2 daq
• 5
TOSHKENT, 27-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BAAlik hamkasbi shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali samarali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, energetika, infratuzilma, raqamli texnologiyalar va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik.
BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratdik.
Shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashib, mavjud muammolarni diplomatik yo‘l bilan hal etish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada rivojlantirish, hamkorligimizni yangi amaliy natijalar bilan boyitish qayd etildi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi