OQTOV shahrida o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Oktabr 29, 2026. 19:51 • 2 daq
• 138OQTOV, 29-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning “Yessenov University”da mazkur oliygohda yerda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir doirasida vatandoshlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yurtimizga salmoqli investitsiyalar kiritilayotgani, yangi zavod va loyihalar ishga tushirilayotgani, bu esa barcha sohalarda yuqori malakali mutaxassislarga katta ehtiyoj tug‘dirayotgani qayd etildi.
Talabalarga o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirish, bugungi kunda eng dolzarb hisoblangan neft-kimyo, tibbiyot, transport va logistika, pedagogika, muhandislik, IT hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish tavsiya etildi. Bu ularga kelajakda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarida faol ishtirok etish imkonini berishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda talabalarga Qozog‘istonda bo‘lish qoidalari, odob-axloq normalariga rioya qilish, O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilish hamda turli noqonuniy guruhlar ta’siriga tushib qolishning oldini olish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha ham batafsil axborot taqdim etilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

