“Samarqand nigohi – 2040” BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida qabul qilindi

Oktabr 29, 2026. 21:00 • 3 daq

• 117
“Samarqand nigohi – 2040” BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida qabul qilindi

TOSHKENT, 29-oktyabr. /“Dunyo”AA/. Joriy yil 28–29-sentyabr kunlari yurtimizda bo‘lib o‘tgan Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumining “Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi global hamkorlik” nomli yakuniy hujjati BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasining rasmiy hujjati (A/81/444) sifatida qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjat BMTning oltita rasmiy tilida: ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida e’lon qilingan.

Yakuniy hujjat muqaddima, olti bo‘lim va 24 banddan iborat bo‘lib, uning ijrosi uchun “Yo‘l xaritasi” ilova qilingan. Muqaddimada Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro-paktlarning 60-yilligi, Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi-deklaratsiyaning 40-yilligi hamda Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi-konvensiyaning-20-yilligi sanalarining muhim ahamiyati alohida ta’kidlangan.

Hujjatda 1993-yilgi Vena deklaratsiyasi va Harakatlar-dasturi, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi va 2024-yilgi Kelajak uchun paktga havola qilingan.

Hujjatda oltita rahbariy tamoyil belgilangan bo‘lib, u to‘qqizta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha chaqiriqlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, xalqaro shartnomalarni milliy darajada amalga oshirish, rivojlanish huquqi, ijtimoiy adolat, inklyuziv jamiyat, demografik o‘zgarishlar, avlodlar birdamligi, ayollar huquqlari, iqlim adolati, raqamli muhit, sun’iy intellekt, atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi, fuqarolik mavjud emasligining oldini olish, tinchlik, xavfsizlik va xalqaro gumanitar huquq yo‘nalishlari haqida so‘z yuritilgan.

Ushbu hujjatda 2040-yilga qadar fuqarolik mavjud emasligi holatlarini sezilarli darajada qisqartirishga intilish, Orol dengizi inqirozining ekologik va ijtimoiy oqibatlariga e’tibor qaratish talablari aks etgan. Markaziy Osiyo uchun “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibini amalga oshirish bo‘yicha birinchi Mintaqaviy harakatlar rejasi ishlab chiqilgani olqishlangan.

Hujjatda O‘zbekistonning 2027–2029-yillarda-Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilishi-hamda 2031-yilda O‘zbekistonda Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha BMTning XVI Kongressi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qaror ma’qullangan.

Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi ishtirokchilari BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining “Inson huquqlari bo‘yicha global alyans” tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Ishtirokchilar Samarqand forumini doimiy xalqaro muloqot maydoniga aylantirish va Xalqaro paktlarni amalga oshirish bo‘yicha Samarqand raqamli hamkorlik platformasini yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Mazkur hujjatga ilova qilingan yo‘l xaritasi 8 ta tadbirni o‘z ichiga oladi va indikativ hamda ixtiyoriy xususiyatga ega. Unga-ko‘ra, 2027-yilda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi va raqamli platforma konsepsiyasi yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2027–2030-yillarda-hujjat qoidalarini milliy strategiya va harakat dasturlariga-kiritish,-2028-yilda taraqqiyotning birinchi ixtiyoriy sharhini-o‘tkazish, 2030-yilda hujjat bilan Barqaror rivojlanish maqsadlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish ko‘zda tutilgan.

2036-yilda Xalqaro-paktlarning 70-yilligi, Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi-deklaratsiyaning 50-yilligi va Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi-konvensiyaning 30-yilligi munosabati bilan yubiley sharhi, o‘z-navbatida, 2040-yilda yakuniy ixtiyoriy sharh o‘tkaziladi.

Yakuniy hujjatning qator tadbirlari bo‘yicha ijrochi sifatida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi belgilangan.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish