Baxtiyor Saidov: Turkiy davlatlar birdamligi, o‘zaro ishonch va hamjihatligi mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi

Oktabr 29, 2026. 20:30 • 2 daq

• 133
Baxtiyor Saidov: Turkiy davlatlar birdamligi, o‘zaro ishonch va hamjihatligi mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi

TOSHKENT, 29-oktabr./“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti arafasida Anqara shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishdan mamnunmiz, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Yig‘ilish davomida bo‘lajak sammitga tayyorgarlik jarayonlari, Tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, erishilgan kelishuvlarni amaliy natijalar bilan boyitish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, transport-logistika bog‘liqligini kuchaytirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.

Shuningdek, siyosiy va huquqiy hamkorlik asoslarini mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasi va strategik muhim resurslar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish muhimligiga e’tibor qaratdik.

Global chaqiriqlar kuchayib borayotgan bugungi sharoitda turkiy davlatlarning birdamligi, o‘zaro ishonch va hamjihatligi mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish