Olmaotada “Eksportchilar karvoni – 2026” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Iyul 23, 2026. 16:30 • 2 daq

102
Olmaotada “Eksportchilar karvoni – 2026” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

OLMAOTA, 23-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi hamda O‘zbekiston eksport qiluvchilar uyushmasi hamkorligida o‘zbek-qozoq tadbirkorlari ishtirokida “Eksportchilar karvoni – 2026” nomli biznes-forumi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish va ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzolash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Qozog‘istonlik tadbirkorlarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifati, tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligi va eksport salohiyati haqida batafsil taqdimotlar o‘tkazildi.

O‘z navbatida, o‘zbekistonlik ishbilarmonlarga Qozog‘iston bozorining xususiyatlari, eksport-import tartiblari, amaldagi qonunchilik talablari hamda logistika yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Bosh konsulxona vakillari tomonidan ishtirokchilarga tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish, shartnomalarni rasmiylashtirish va konsullik-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish masalalari bo‘yicha atroflicha maslahatlar berildi.

O‘tkazilgan tadbir O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, eksport hajmini oshirish hamda yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish