Belgradda O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Iyun 03, 2026. 17:55 • 2 daq

39
Belgradda O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

BЕLGRAD, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. Parlamentlararo ittifoq parlamentlarining ayol a’zolari global konferensiyasi doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Serbiya poytaxtida Vengriya Milliy Assambleyasi cpikeri Agnesh Forstxoffer bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlamentning yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Parlamentlar o‘rtasida muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha guruhlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, yosh parlament a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, hududlararo sheriklikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Senat raisi Vengriya parlamenti vakillarini joriy yilning 4–6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 12-Global yosh parlament a’zolari konferensiyasida ishtirok etishga taklif etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish