Logo

O‘zbekiston va Belgiya parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Aprel 30, 2026. 15:25 • 2 daq

329
O‘zbekiston va Belgiya parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

BRYUSSEL, 3-may. /“Dunyo” AA /. O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Oliy Majlis Senati hamda Belgiya Senati vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralarda Belgiya tomonidan Senatning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha do‘stlik guruhi raisi, Belgiya Senatining sobiq raisi Stefan D‘Oz ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan esa Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov qatnashdi

Tomonlar parlament diplomatiyasining xalqaro munosabatlardagi ahamiyati ortib borayotganini taʼkidlab, uni ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim vosita sifatida baholadi. Muzokaralar davomida parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, do‘stlik guruhlari faoliyatini faollashtirish, savdo-iqtisodiy, ilm-fan va hududlararo hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda do‘stlik guruhlari hamkorligini kengaytirish uchun “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va joriy yil oxirigacha Belgiya parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Bu kelishuvlar O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqib, ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish