Malayziya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

Iyun 03, 2026. 14:55 • 52 soniya

63
Malayziya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

TOSHKЕNT, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Malayziya elchisi Ilxam Tua bin Illiasni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun yurtimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Malayziyaning O‘zbekistondagi Elchisi Ilxam Tua bin Illias janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – So‘nggi yillarda davlatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotlar, savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, ta’lim, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik.

Elchi janoblarining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuksak baholadik.

Janob Elchining kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish