Bishkekda VI Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimiga chiptalar sotuvi boshlangani eʼlon qilindi

Avgust 12, 2026. 11:30 • 2 daq

54
Bishkekda VI Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimiga chiptalar sotuvi boshlangani eʼlon qilindi

BISHKEK, 12-avgust. / “Dunyo” AA/. 31-avgust kuni Qirg‘iziston poytaxtidagi “Bishkek Arena” stadionida VI Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilishiga bag‘ishlangan shou bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Kabar” milliy axborot agentligining maʼlum qilishicha, chiptalarni ticket.gov.kg rasmiy saytida xarid qilish mumkin. Chiptalar narxi – 5000 dan 9000 somgacha (1 AQSh dollari = 87,45 som). Musobaqaning ochilish marosimida davlatlar rahbarlari ishtirok etadi, shu munosabat bilan xavfsizlik choralari kuchaytiriladi.

Etnik sportning 43 turi bo‘yicha xalqaro bellashuvlar 31-avgustdan 6-sentabrgacha Qirg‘izistonning Bishkek (ochilish va yopilish marosimlari) hamda Cho‘lpontada (o‘yinlar o‘tkaziladigan asosiy maydon) bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 8-sentabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan V Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etgan.

“Kabar”MAA surati

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish