Londonda o‘zbek startaplarini Britaniya va global bozorlarga olib chiqishga qaratilgan xab ishga tushirildi

Noyabr 23, 2026. 17:00 • 2 daq

• 46

LONDON, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. “IT Park Uzbekistan” bosh direktori Azamat Karamatov boshchiligidagi delegatsiyaning Buyuk Britaniyaga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida London shahri markazida joylashgan “Institute of Directors” tashkilotida O‘zbekiston startap ekotizimini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan biznes-forum o‘tkazildi. Unda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, akseleratorlar, innovatsiya markazlari, startap-studiyalar, IT-distribyutorlar va texnologik kompaniyalardan iborat 200 dan ortiq tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida “IT Park Uzbekistan” va “Astana Hub”ning qo‘shma tashabbusi — “Eurasia Growth Hub” platformasi Londonda rasman ishga tushirildi. Mazkur xab mahalliy startaplarning Britaniya hamda boshqa xalqaro bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish, ularni investorlar va texnologik hamkorlar bilan bog‘lashga xizmat qiladi. London shahridagi xab rahbari etib vatandoshimiz Muzaffar Karabayev tayinlandi.

Delegatsiya tashrifi doirasida O‘zbekiston elchixonasida “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbiri ham tashkil etildi. Unda 40 dan ortiq Britaniya kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonning IT-autsorsing sohasidagi salohiyati, “IT Park” rezidentlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda “Enterprise Uzbekistan” maxsus huquqiy rejimi taqdim etildi.

Bundan tashqari, “IT Park” delegatsiyasi Londonda bo‘lib o‘tgan “Contact Centre & Customer Experience Expo 2026” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Mazkur tadbir kontakt-markazlar, mijozlar bilan ishlash, raqamli savdo va marketing sohalaridagi ilg‘or yechimlar va texnologiyalarni namoyish etishga bag‘ishlangan yirik xalqaro maydonlardan biri hisoblanadi.

Ushbu tashrif va o‘tkazilgan tadbirlar O‘zbekistonning IT va startap ekotizimini xalqaro bozorlarda keng targ‘ib qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, texnologik hamkorlikni rivojlantirish hamda mahalliy kompaniyalarning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish