Dohada Özbek tili bayrami munosabati bilan vatandoş talabalar uçraşuvi taşkil etildi

Oktabr 21, 2026. 16:30 • 2 daq

• 44
Dohada Özbek tili bayrami munosabati bilan vatandoş talabalar uçraşuvi taşkil etildi
Dohada Özbek tili bayrami munosabati bilan vatandoş talabalar uçraşuvi taşkil etildi
Dohada Özbek tili bayrami munosabati bilan vatandoş talabalar uçraşuvi taşkil etildi
Dohada Özbek tili bayrami munosabati bilan vatandoş talabalar uçraşuvi taşkil etildi

DOHA, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Qatardagi elçixonasida 21 oktyabr – Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan uşbu davlatda tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar iştirokida uçraşuv taşkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Qatarning nufuzli universitetlarida öqiyotgan 40 nafarga yaqin özbekistonlik talabalar hamda arab tilini örganiş böyiça tayyorlov dasturida iştirok etayotgan yoşlar qatnaşdi.

Uçraşuvdan közlangan maqsad xorijda tahsil olayotgan yoşlar örtasida döstlik aloqalarini rivojlantiriş, milliy qadriyatlar va ona tiliga bölgan e’tiborni yanada oşirişdan iborat böldi.

Tadbir davomida talabalar özlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari, mutaxassisliklari va öqiş jarayoni haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, elçixona faoliyati bilan tanişiş, talabalarni qiziqtirgan masalalarni muhokama qiliş va kelgusidagi taşabbuslari yuzasidan fikr almaşildi.

Diplomatlar vatandoşlar bilan muntazam muloqot olib boriş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda zarurat tuğilganda tegişli masalalar böyiça kömaklaşiş muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Iştirokçilarga özbek milliy taomlari tortildi. Bunday uçraşuvlar turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bir-birlari bilan yaqindan tanişişi, döstona aloqalar örnatişi, özaro tajriba almaşişi hamda özbek tilini keng tarğib etişga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish