Logo

Rossiyaning “Birinchi kanal”ida “G‘ildirakdagi oshpaz” ko‘rsatuvining navbatdagi soni Toshkent shahriga bag‘ishlandi

Yanvar 20, 2026. 12:07 • 2 daq

149

MOSKVA, 20-yanvar. / “Dunyo” AA/. Rossiyaning mashhur “Birinchi kanal” telekanali “G‘ildirakdagi oshpaz” (“Povara na kolesax”) ko‘rsatuvining navbatdagi sonini O‘zbekiston poytaxtiga bag‘ishladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda tayyorlagan reportaj O‘zbekiston poytaxti - Toshkent shahrida haqida bo‘ldi. “Birinchi kanal”ning “G‘ildirakdagi oshpaz” ko‘rsatuvi ijodiy guruhi Toshkentning gastronomik va sayyohlik jozibadorligi, boy madaniyati haqida turli lavhalar suratga olishdi.

Rossiyalik taniqli oshpazlar Toshkentda bo‘lib, bu yerda nafaqat ovqat pishirdi, balki tomoshabinlar uchun go‘zal diyorimiz, milliy taomlarimiz, boy madaniy, gastronomik va sayyohlik maskanlarimiz haqida turli kontentlar tayyorladi.

Ko‘rsatuvning yangi sonida rossiyalik taniqli oshpazlar Anton Ivniskiy va Eduard Pogosov yorqin pazandalik anʼanalariga ega Toshkentning gastronomik va sayyohlik imkoniyatlari haqida hikoya qiladi.

Mehmonlar sayohatni shaharning tarixiy qismidan boshlashdi: “Ko‘kaldosh” madrasasi va poytaxtning markaziy maydonida bo‘lishdi. Kun oxirida mahalliy taomlardan tatib ko‘rgach, havo sharida parvoz qilishdi va qush parvozi balandligidan O‘zbekiston go‘zalligidan bahramand bo‘ldi.

Dastur davomida bosh oshpaz xalq orasida “Brodvey” nomi bilan mashhur bo‘lgan Toshkentning eng mashhur sayyohlik ko‘chalaridan birida maxsus pazandachilik durdonalarini tayyorlagani haqida lavha berilgan. Oshpaz pishirgan taomni mahalliy aholisi va sayyohlari taqdim etgan.

“G‘ildirakdagi oshpaz” oshxona shousini rossiyalik tomoshabinlar katta qiziqish tomosha qiladi. Hozirda tomoshabinlarning umumiy soni 18 milliondan ortiq.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish