Gonkongda O‘zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati taqdim etildi

Noyabr 23, 2026. 16:00 • 2 daq

• 4
Gonkongda O‘zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati taqdim etildi
Gonkongda O‘zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati taqdim etildi
Gonkongda O‘zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati taqdim etildi

GONKONG, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududida bo‘lib o‘tgan yirik xayriya tadbiri doirasida O‘zbekiston madaniyati va sayyohlik salohiyati keng namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu tadbirda Gonkong vazirlik va idoralari vakillari, madaniyat va san’at arboblari, ishbilarmon doiralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kecha ishtirokchilari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan tanishtirildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida rivojlanib borayotgan hamkorlik O‘zbekistonni taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilish jarayonlarida muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi.

Bunda davlatlarimiz yetakchilari o‘rtasidagi yaqin va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus videorolik ham namoyish etildi. Mehmonlar e’tiboriga o‘zbek san’atkorlari ishtirokidagi milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslardan iborat konsert dasturi havola qilindi. Milliy san’atimizning o‘ziga xos namunalarini taqdim etgan yurtimiz ijodkorlarining chiqishlari ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida O‘zbekistonning maxsus burchagi tashkil etilib, unda milliy hunarmandchilik va to‘qimachilik sanoati mahsulotlari, shuningdek, mamlakatimizning boy madaniyati hamda sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi foto va videomateriallar namoyish qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish