Islomobod shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-majlisi bo‘lib o‘tdi

Noyabr 17, 2026. 14:00 • 48 soniya

• 7
Islomobod shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-majlisi bo‘lib o‘tdi
Islomobod shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-majlisi bo‘lib o‘tdi

TOSHKЕNT, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Pokiston poytaxtida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov rahbarlik qildi.

Yig‘ilishda mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport bog‘liqligi, investitsiyalar va ekologik barqarorlik masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” hujjati hamda Islomobod kommyunikesi qabul qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish