O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Belgiya elchisi bilan uchrashdi

Noyabr 12, 2026. 20:25 • 47 soniya

• 60
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Belgiya elchisi bilan uchrashdi
“Dunyo” AA olgan surat

TOSHKENT, 12-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun Belgiya elchisi Matias Kende bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar Afg‘onistondagi joriy vaziyat, shuningdek, Afg‘oniston yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikning ayrim masalalarini muhokama qildi.

Matias Kende O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyani shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, Toshkent va Bryussel o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish