TIVda Germaniya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Oktabr 24, 2026. 17:00 • 46 soniya
• 118
TOSHKЕNT, 24-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madraximov kecha Germaniya elchisi Mattias Follert bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, shuningdek, 2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi