Londonda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhonning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi

Noyabr 07, 2026. 10:00 • 2 daq

• 66
Londonda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhonning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi

LONDON, 7-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida London shahridagi nufuzli konsert maydonlaridan biri – “The Clapham Grand” zalida taniqli o‘zbek xonandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhonning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida xonanda muxlislar qalbidan joy olgan repertuaridagi eng sara musiqiy asarlarini ijro etdi.

Konsert dasturi o‘zbek estradasining zamonaviy yo‘nalishlari, milliy kuy-ohanglar va yangi musiqiy uslublarning uyg‘unligini namoyish etdi.

Rayhonning o‘ziga xos ovozi, betakror ijro mahorati va sahna madaniyati yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi. O‘zbek tilidagi qo‘shiqlar nafaqat vatandoshlarimiz, balki konsertga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarda ham katta taassurot qoldirdi.

Mazkur madaniy kecha o‘zbek milliy estrada san’atini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar o‘rtasida hamjihatlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning zamonaviy musiqa madaniyatini keng yoritishga xizmat qildi.

Konsert nafaqat vatandoshlarimiz, balki o‘zbek san’ati va musiqasiga befarq bo‘lmagan britan tomoshabinlarida ham iliq taassurot uyg‘otdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish