Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjon abadiy do‘stligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Noyabr 03, 2026. 11:00 • 2 daq
• 182BOKU, 3-noyabr. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi qoshidagi 53-maktabda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida imzolangan Abadiy do‘stlik shartnomasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Olimpiya madaniyati va ta’lim dasturi (OCEP) loyihasi doirasida tashkil etilgan bolalar va yoshlarni rivojlantirish markazlarining ijodiy guruhlari tomonidan o‘zbek milliy raqslar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Ozarbayjonlik o‘quvchilarning o‘zbek tilida namoyish etgan, milliy an’analarimizni aks ettiruvchi badiiy kompozitsiyalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi hamda Boku shahar ta’lim boshqarmasi sektor boshlig‘i so‘zga chiqib, bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar ozarbayjonlik yoshlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni o‘zbek tili, milliy madaniyati, tarixi va an’analari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Ishtirokchilar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va ma’naviy yaqinlikni mustahkamlash, shuningdek, yosh avlod o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan bunday uchrashuvlarni kelgusida ham muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


