Tashqi ishlar vazirligida “Eng faol kitobxon” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Sentabr 03, 2026. 10:59 • 2 daq

80
Tashqi ishlar vazirligida “Eng faol kitobxon” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

TOSHKENT, 3-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng faol kitobxon” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu maʼrifiy loyiha diplomatlarning intellektual salohiyati va maʼnaviy dunyoqarashini yana-da boyitish maqsadida tashkil etildi.

Ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari bo‘yicha tuzilgan 30 ta test savoliga javob berib, o‘z bilim darajalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qizg‘in kechgan bellashuv yakunlariga ko‘ra, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi ikkinchi kotibi Sarvar Abdirahimov faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Kadrlar va taʼlim muassasalari boshqarmasi kichik mutaxassisi Doniyor Umarov 2-o‘ringa, Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi ikkinchi kotibi Kozimxon Xo‘jayev esa 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

G‘oliblarga maxsus diplomlar hamda sara kitoblar to‘plamlari, 1-o‘rin sohibiga esa pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Taʼkidlash joizki, Tashqi ishlar vazirligi tizimida xodimlarning kasbiy hamda maʼnaviy salohiyatini oshirish, yuksak mutolaa muhitini shakllantirishga doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi diplomatlarning fikrlash doirasini kengaytirib, kundalik ish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish