Toshkent va Shenchjen ekologiya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Oktabr 24, 2026. 13:30 • 2 daq

• 71
Toshkent va Shenchjen ekologiya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

SHENCHJEN, 24-oktabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent va Xitoyning Shenchjen shahri o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, havo sifatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish borasida hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn tarzda o‘tgan uchrashuv O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan poytaxt Ekologiya boshqarmasi, Shenchjen ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish byurosi, shuningdek, “Bir makon, bir yo‘l” ekologik texnologiyalarni transfer qilish markazi ekspertlari ishtirokida tashkil etildi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki shaharning havo sifatini yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi yondashuvlarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, davlat organlarining xususiy sektor bilan hamkorlik qilish mexanizmlari va qo‘shma ishlarning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar axborot almashinuvni davom ettirish, qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazish hamda ekologiya sohasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Xitoydan O‘zbekistonga biznes-missiyalarni tashkil etish imkoniyatlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish