Moskvada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘yildi

Sentabr 03, 2026. 16:00 • 40 soniya

66
Moskvada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘yildi

MOSKVA, 3-sentabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Rossiya poytaxtida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom ramzi sifatida uning haykali poyiga gullar qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Islom Karimov nomidagi maydonga O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi xodimlari, shuningdek, elchixonada amaliyot o‘tayotgan talabalar tashrif buyurdilar.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gullar qo‘yib, uning xotirasini yod etdilar hamda mamlakatimizning tarixiy merosiga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish