Novosibirskda o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Oktabr 28, 2026. 10:30 • 2 daq
• 8
NOVOSIBIRSK, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi tomonidan O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Davlat ommaviy ilmiy-texnik kutubxonasi xodimlari, jurnalistlar, o‘zbek tili va tarixini tadqiq etuvchilar, Novosibirskdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan hamyurt talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda o‘zbek tilining boy tarixi, milliy o‘ziga xosligi, jahon adabiyoti va madaniyatidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli Aslam Akbarov o‘zbek tilining asrlar davomida shakllangan boy merosini ta’kidlab, uning rivojida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning beqiyos o‘rnini qayd etdi.
Tarix fanlari doktori, “Sibirskiy arxiv” ilmiy-tadqiqot jurnali bosh muharriri Vladislav Kokoulin Alisher Navoiyning adabiy merosi va O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasi hamda madaniyatiga qo‘shgan hissasi haqida fikr bildirdi.
Tadbir doirasida mehmonlar Bosh konsullik binosida yangidan tashkil etilgan o‘zbek madaniyati va tarixi burchagi bilan ham tanishdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi