Turk eksperti O‘zbekistonni madaniy va ziyorat turizmining eng muhim yo‘nalishlaridan biri deb atadi
Oktabr 28, 2026. 09:25 • 2 daq
• 118
ANQARA, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. “Wittour” kompaniyasi rahbari, ziyorat turizmi bo‘yicha turk eksperti Erkan Aydin Anqarada bo‘lib o‘tadigan TDTning XIII sammiti arafasida O‘zbekistonning Turkiya va butun turkiy dunyo uchun tarixiy, madaniy hamda ma’naviy ahamiyatini ta’kidladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston faqat o‘rganish emas, balki albatta borib ko‘rish kerak bo‘lgan muhim ilm-fan, madaniyat va san’at markazi hisoblanadi. U Amir Temur va temuriylar davri merosiga, shuningdek, Ali Qo‘shchi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy kabi buyuk allomalarning hissasiga alohida e’tibor qaratdi.
Erkan Aydin xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga, xususan, o‘ziga xos tarixiy muhiti saqlanib qolgan Xivaga qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi. U, shuningdek, mamlakatimizning gastronomik jozibadorligi va organik qishloq xo‘jaligi sohasidagi salohiyatini ham ta’kidladi.
Ekspert Turkiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi yanada ortishiga umid bildirib, ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni kengaytirish muhimligiga e’tibor qaratdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi