Tokioda yirik yapon kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

Oktabr 28, 2026. 10:00 • 2 daq

• 72
Tokioda yirik yapon kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

TOKIO, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi vakillari yirik savdo-investitsiya kompaniyalaridan biri – “Sojitz Corporation” rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Diplomatlar kompaniya rahbariyati – Masakazu Xashimoto, Xideo Xatada va Takefumi Nishikava bilan suhbat davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

Jumladan, Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasi, Toshkent shahrida yangi xalqaro aeroport, Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasi hamda Samarqand shahrida ko‘p tarmoqli shifoxona qurish loyihalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sirdaryo viloyatida quvvati 1573 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish ishlari deyarli yakunlangani va obyektni 2026-yil oxiriga qadar ishga tushirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Uchrashuvda Samarqand shahrida “Rönesans Holding” kompaniyasi bilan hamkorlikda 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona qurish loyihasi bo‘yicha ham fikr almashildi.

Muzokaralar davomida “Sojitz Corporation” kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyati mamlakatimiz bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirayotgan boshqa yapon kompaniyalari uchun muvaffaqiyatli namuna bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish