Polshada “O‘zbekiston investorlari kuni” bo‘lib o‘tdi
May 24, 2026. 15:25 • 2 daq
• 2TORUN, 24 may /“Dunyo” AA/. Polshaning Torun shahrida “O‘zbekiston investorlari kuni” bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir mamlakatimizning Varshavadagi elchixonasi tomonidan Osiyo va Tinch okeani jamiyati, Polsha investitsiyalar va savdo agentligi hamda Nikolay Kopernik universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor Tulyakov, Polsha Tashqi ishlar, Taraqqiyot va texnologiyalar, Fan va oliy taʼlim vazirliklari, Kuyaviya-Pomeraniya voyevodligi, Torun shahar meriyasi rahbariyati hamda ishbilarmon doiralardan iborat ishtirokchilar qatnashdi.
Polshalik investorlarga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan tizimli ishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shaffof muhit, soliq va bojxona imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalar, sanoat kooperatsiyasi hamda raqamli iqtisodiyot imkoniyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Taqdimotlar davomida hududlararo aloqalarni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi. O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi hamda “Termiz xalqaro savdo markazi” faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etildi.
“B2B” va “G2B” formatidagi uchrashuvlar ham samarali kechdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Tadbir yakunida mehmonlar uchun rasmiy qabul marosimi tashkil etilib, o‘zbek milliy taomlari tortildi. Tashkil etilgan ko‘rgazma orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy anʼanalari va turizm imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“Aloqabank” London fond birjasiga 300 million dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirdi








