Vladivostokda O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi

Oktabr 17, 2026. 10:30 • 1 daq

• 2
Vladivostokda O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi

VLADIVOSTOK, 17-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Primorsk o‘lkasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksey Popov, Migratsiya masalalari boshqarmasi boshlig‘i Olga Tomilina hamda Interpol Milliy markaziy byurosi bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Tegay bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Rossiya TIVning Vladivostok shahridagi vakolatxonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Primorsk o‘lkasida huquqbuzarlik sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi ma’lumotlarni Rossiya Jinoyat-protsessual kodeksining 96-moddasiga asosan konsullik muassasasiga o‘z vaqtida taqdim etish masalasi muhokama qilindi. 

Shuningdek, turli jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish-profilaktika ishlarini jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, migratsiya sohasida duch kelinayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish hamda idoralararo ma’lumotlar almashinuvini yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish