Yaponiyaning nufuzli universitetida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Iyun 10, 2026. 12:30 • 54 soniya
• 62
TOKIO, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Yaponiyaning Keyo universitetida ikki mamlakat hamkorligiga bag‘ishlangan ma’ruza tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Ma’ruza davomida qatnashchilarga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, raqamli transformatsiya jarayonlari, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar hamda respublikamizning xalqaro maydondagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklikning bugungi holati va istiqbollari, savdo-iqtisodiy, ta’lim, innovatsiya va yuqori texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Keyo universiteti professor-o‘qituvchi
va talabalarining joriy yil davomida O‘zbekistonga o‘quv-tanishuv safarini tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi