Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarbayjon Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Avgust 23, 2026. 16:04 • 53 soniya
• 96
TOSHKENT, 23-avgust. /“Dunyo” AA/. Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi. O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi