“Berliner Zeitung”: O‘zbekistondagi islohotlar Markaziy Osiyoning ochiqlik va iqtisodiy integratsiya uchun namuna bo‘lmoqda
Avgust 23, 2026. 16:00 • 2 daq
• 35
BERLIN, 23-avgust. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning nufuzli “Berliner Zeitung” nashrida Markaziy Osiyodagi iqtisodiy jarayonlar va mintaqaning xalqaro bozorlar bilan integratsiyasiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Jurnalist Yonas Priynning maqolasida mintaqa davlatlarining iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlari tahlil qilingan.
Xususan, materialda O‘zbekiston ushbu jarayonlarda eng muhim o‘rinlardan birini egallayotgani taʼkidlangan. Muallif Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonning ochiqlik va iqtisodiy liberallashuvga qaratilgan siyosati natijasida mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalari sezilarli darajada kengayganini eʼtirof etgan.
Qo‘shni davlatlar bilan yaqinlashuv va savdo-iqtisodiy munosabatlarning faollashuvi bu jarayonning muhim natijalaridan biri sifatida qayd etilgan.
Nashrda O‘zbekistonning mintaqa davlatlari bilan, jumladan, Turkmaniston bilan chegaraoldi savdosi, transport va logistika sohalaridagi aloqalari kengayib borayotganiga eʼtibor qaratilgan. Shovot–Dashog‘uz hududida chegaraoldi savdo zonasini rivojlantirish tashabbusi ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni kuchaytirishga qaratilgan loyihalardan biri sifatida keltirilgan.
Maqolada O‘rta yo‘lak – Transkaspiy xalqaro transport marshrutining ahamiyati ham alohida urg‘ulangan. Mazkur yo‘nalish Xitoy va Markaziy Osiyoni Kaspiy dengizi orqali Yevropa bilan bog‘lab, mintaqaning xalqaro taʼminot zanjirlaridagi o‘rnini kuchaytirmoqda. Bu borada Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lini mintaqaviy transport tarmoqlari bilan uyg‘unlashtirish istiqbollari ham muhim ahamiyatga egadir.
Maqolada Germaniya biznesining Markaziy Osiyoga qiziqishi oshib borayotgani “Siemens Healthineers” va “CLAAS” kabi kompaniyalar misolida keltirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi