Qozog‘istonda mamlakatning yangi Parlamenti – Qurultoy deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Avgust 23, 2026. 15:30 • 2 daq

48
Qozog‘istonda mamlakatning yangi Parlamenti – Qurultoy deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda

OSTONA, 23-avgust. /“Dunyo” AA/ Bugun Qozog‘iston xalqi birinchi marta mamlakatning yangi bir palatali parlamenti – Qurultoy deputatlarini saylamoqda, deb xabar bermoqda “dunyo” AA muxbiri.

Bu yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan keyingi ilk parlament saylovi hisoblanadi. Saylov allaqachon boshlangan va ovoz berish soat bugun 20:00 gacha davom etadi.

Jami 10 ming 423 ta saylov uchastkasi ochilgan. Shakllantirilgan ro‘yxatda 12,6 milliondan ortiq saylovchi bor.

Qurultoydagi 145 ta deputatlik o‘rni uchun yettita siyosiy partiya – “Әdіlet”, “Ovul”, “Aq jol”, “USDP”, “Baytaq”, “QXP” va “Respublica” partiyalari o‘rtasida kurash kechmoqda. Saylov byulletenida “Barcha nomzodlarga qarshi” varianti ham mavjud.

“Kazinform” xalqaro axborot agentligining xabar berishicha, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ham ovoz berishda ishtirok etdi.

Soat 12:00 holatiga ko‘ra, Qozog‘istondagi Qurultoy deputatlari saylovida saylovchilarning 37,05 foizi ishtirok etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish