Samarqandda dunyoning eng kuchli grossmeysterlari jamlandi

Sentabr 15, 2026. 17:30 • 2 daq

30
Samarqandda dunyoning eng kuchli grossmeysterlari jamlandi
Samarqandda dunyoning eng kuchli grossmeysterlari jamlandi

SAMARQAND, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. Bugun butun dunyo shaxmat ishqibozlarining nigohi yurtimizga, tarix va tamaddun beshigi bo‘lgan qadimiy Samarqand shahriga qaratilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ayni paytda Samarqandda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlangan. Olimpiada dasturiga muvofiq, 10–17-sentabr kunlari III Butunjahon shaxmat paralimpiadasi hamda 15–27-sentabr kunlari 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Har ikki yilda o‘tkaziladigan bu galgi olimpiadada 400 ta jamoa ishtirok etish istagini bildirgan. Ikki yil oldin Vengriyada o‘tkazilgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 380 ta jamoa qatnashgan edi. Bu gal Samarqandda 208 ta erkaklar jamoasi va 192 ta xotin-qizlar jamoasi o‘zaro bellashadi.

Samarqandda bugun FIDEning vaqtinchalik rahbari Vishvanatan Anand hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Saʼdullayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi belgilangan. Kechki payt “Boqiy shahar” markazidagi amfiteatrda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Tadbirlar doirasida Samarqandda FIDE Kongressi va saylovlari ham bo‘lib o‘tadi. Muhim tadbirlardan yana biri 24-sentabr kuni FIDEning “2026 – Taʼlimda shaxmat yili” doirasida pedagoglar, siyosatchilar va tadqiqotchilarni birlashtiradigan “Taʼlimda shaxmat” sammiti o‘tkaziladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish