O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Pragada vatandoshlar o‘rtasida futbol turniri bo‘lib o‘tdi

Sentabr 15, 2026. 17:00 • 52 soniya

PRAGA, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. Pragada O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan vatandoshlar o‘rtasida futbol turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekiston elchixonasi tomonidan “Turkiston” madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Musobaqada Chexiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar faol ishtirok etdi. Turnir vatandoshlar o‘rtasida muloqot va jamoaviy ruhni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga qaratildi.

Turnirni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan turli esdalik sovg‘alari taqdim etilib, ular musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblariga topshirildi.

Ishtirokchilar ushbu tashabbusni ijobiy baholab, bunday tadbirlarni, jumladan, muntazam sport, madaniy va maʼrifiy uchrashuvlarni o‘tkazishni davom ettirishni taklif qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish