O‘zbekiston Prezidenti “Shinhan Financial Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Sentabr 15, 2026. 16:40 • 57 soniya
• 59
TOSHKENT, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahriga tashrifi doirasida “Shinhan Financial Group” kompaniyasi raisi Chjin Ok Donni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda moliyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda infratuzilmani takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energetika va sanoat sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston tijorat banklariga kredit liniyalarini ajratish to‘g‘risida kelishuv imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatimizda “Shinhan Bank”ning shuʼba bankini tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Yangi moliyalashtirish instrumentlari va “yashil” kreditlarni jalb etish hamda raqamli banking, kichik va o‘rta biznes uchun maxsus yechimlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi