Seulda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi

Sentabr 05, 2026. 10:00 • 2 daq

12
Seulda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi
Seulda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi
Seulda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi
Seulda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi
Seulda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi
Seulda o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi

SEUL, 5-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Seulda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab milliy kurash bo‘yicha O‘zbekiston elchisi kubogi turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Musobaqa ilk bor xalqaro formatda o‘tkazilib, unda O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston sportchilari qatnashdi.

Turnirda Janubiy Koreyaning turli hududlaridan 200 nafarga yaqin polvon ishtirok etdi. Mamlakatda istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ham bellashuvlarda faol qatnashdi.

Ochilish marosimida O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi milliy kurash asrlar davomida o‘zbek xalqining maʼnaviy merosida alohida o‘rin egallab kelganini taʼkidladi. Bugungi kunda ushbu sport turi 130 dan ortiq mamlakatda keng yoyilib, xalqaro sport maydonidagi o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

Koreya kurash federatsiyasi prezidenti Be Xyong Shik elchi kubogi nafaqat sport tadbiri, balki O‘zbekiston madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib etish vositasi ham ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kurash shunchaki musobaqa emas, ayni paytda tinchlik, intizom, odob-axloq va o‘zaro hurmat maktabidir.

Tadbir davomida O‘zbekiston elchixonasi va Koreya kurash federatsiyasi kelgusidagi hamkorlik yuzasidan kelishib oldi. Xususan, tomonlar Janubiy Koreyada o‘zbek kurashini ommalashtirishni kengaytirish, milliy turnirlar, chempionatlar va elchi kubogini muntazam o‘tkazib borish, seksiyalar sonini ko‘paytirish hamda murabbiylar malakasini oshirish niyatida ekanini bildirdi.

Janubiy Koreyaning “Djournal” nashri ushbu turnir sport, madaniyat va turizm sohasi vakillari orasida ham katta qiziqish uyg‘otganini yozdi. Maqolada yozilishicha, elchi kubogining o‘tkazilishi O‘zbekiston madaniy merosini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sport vositasida xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bellashuv o‘zbek milliy taomlari va anʼanaviy raqslari namoyishi bilan yakunlandi. Bu esa ishtirokchilar va mehmonlarga O‘zbekiston madaniyati hamda urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish