Rossiya OAV: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish va raqamlashtirishda yangi bosqichni boshlamoqda

Sentabr 04, 2026. 20:35 • 2 daq

8

MOSKVA, 4-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforum Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “MIR 24”, “Sputnik Uzbekistan”, “Islam News”, “Daydjest Moskva-Baku”, “TRT na russkom”, “CGTN-Russkiy” kabi yirik ommaviy axborot vositalarida mediaforum haqida turkum materiallar eʼlon qilindi.

Manbalarda forumning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan. Tadbirlarda 50 ga yaqin mamlakatdan 300 nafarga yaqin soha mutaxassislari va xalqaro media yetakchilari ishtirok etdi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tarixiy manbalarni raqamlashtirish va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini joriy etishdagi innovatsion o‘rni yuqori baholangan.

Rossiya media olamida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar faqat tarixiy yodgorliklar va sayyohlik salohiyati bilan cheklanib qolmay, balki IT sohasi, qurilish, tibbiyot va iqtisodiy taraqqiyotdagi muvaffaqiyatlar orqali yangicha talqinda namoyon bo‘layotgani alohida taʼkidlangan.

Anjuman doirasida Rossiya, O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligida “Shamoyili nabaviyya” qo‘lyozmasini nashr etish va Katta Langar Qurʼonini atroflicha tadqiq qilish kabi aniq amaliy loyihalarga start berilgani eʼtirof etildi.

Shuningdek, Rossiyaning “Rossiya” milliy markazi va Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi o‘rtasida o‘zaro “Rossiya va O‘zbekiston kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha muhim kelishuvga erishilgani xabar qilindi.

Rossiya axborot maydonida O‘zbekiston boy qo‘lyozma va ilmiy meros sohibi, tarixiy manbalarni raqamlashtiruvchi markaz hamda gumanitar-madaniy sohada ishonchli va tashabbuskor hamkor sifatida gavdalandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish