Sietlda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi

Oktabr 01, 2026. 11:30 • 2 daq

• 55
Sietlda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi
Sietlda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi

SIETL, 1-oktabr. /“Dunyo” AA/. “World Affairs Council of Seattle” hamjamiyati a’zolari ishtirokida AQShning Sietl shahrida O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va o‘zbek-amerika hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Vashington shtati davlat organlari, yetakchi texnologik kompaniyalar, universitetlar, yuridik va konsalting tashkilotlari, shuningdek, ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etdi. Xususan, “Amazon”, “Microsoft”, Vashington shtati Savdo departamenti, Gubernator apparati, Vashington universiteti, “UW Tech Policy Lab”, Sietl shahri universiteti va boshqa nufuzli tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

Ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodiy ochiqlikni ta’minlash chora-tadbirlari, investitsiya muhiti, xususiy sektorni rivojlantirish, turistik salohiyat, shuningdek, AQSh Tinch okeani Shimoli-G‘arbi mintaqasidagi Bosh konsulxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muzokaralar chog‘ida Sietl va Toshkent shahrlari o‘rtasidagi qardoshlik aloqalarini amaliy loyihalar bilan boyitish, yetakchi Amerika texnologik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirning ochiq savol-javob sessiyasi juda qizg‘in ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar O‘zbekiston tashqi siyosati, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy jarayonlar, iqtisodiy islohotlar, ommaviy axborot vositalari va axborot makonining ochiqligi, turizm va investitsiyalar, shuningdek, Sietl va Tinch okeani Shimoli-G‘arbi mintaqasi bilan hamkorlik istiqbollariga oid ko‘plab savollar berdilar.

Davra suhbati yakunida “World Affairs Council of Seattle” rahbariyati bilan O‘zbekistonga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tashriflar doirasida tematik uchrashuvlar, ekspertlar muhokamalari va qo‘shma tadbirlarni tashkil etish maqsadida hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish