Sietl shahridagi “Toshkent” bog‘ida obodonlashtirish hashari bo‘lib o‘tdi

Sentabr 29, 2026. 12:00 • 2 daq

• 92

SIETL, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. Sietl shaharida ushbu shahrda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida “Toshkent” bog‘i hududini obodonlashtirish bo‘yicha hashar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Toshkent” bog‘i Toshkent va Sietl shaharlari o‘rtasida o‘rnatilgan qardoshlik munosabatlarining amaliy ifodasi sifatida 1974-yilda barpo etilgan. Bu yil bog‘ tashkil etilganiga 52 yil bo‘ldi.

Yarim asrdan ortiq vaqt mobaynida mazkur maskan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, madaniyatlararo muloqot hamda shaharlar o‘rtasidagi qardoshlik aloqalarining ramzlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Tadbir doirasida vatandoshlar va Amerikalik hamkorlar bilan “Toshkent” bog‘ining tarixiy hamda ramziy ahamiyatini yanada boyitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, bog‘ hududida Toshkent va Sietl shaharlari o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari tarixi haqida batafsil ma’lumot beruvchi qo‘shimcha axborot stendini o‘rnatish, tarixiy suratlar va arxiv materiallari ko‘rgazmasini tashkil etish, shuningdek, bog‘ning yaratilishi va uning hududida o‘tkazilgan eng muhim tadbirlarga bag‘ishlangan axborot materiallarini tayyorlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bu kabi uchrashuvlar chet elda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston va AQSh jamoatchiligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv hamda hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish