Nijnekamskdagi hodisada jarohat olgan oxirgi vatandoshimiz vatanga qaytarildi

Sentabr 16, 2026. 17:00 • 2 daq

152
Nijnekamskdagi hodisada jarohat olgan oxirgi vatandoshimiz vatanga qaytarildi

QOZON, 16 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Nijnekamskdagi fojiali hodisalar oqibatida jarohat olgan vatandoshlarimizdan oxirgi bo‘lib qolgan O‘zbekiston fuqarosi tibbiy reys orqali vatanga olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

2001 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A.S. dastlab Nijnekamsk markaziy tuman ko‘p tarmoqli shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan. Tatarston mahalliy hokimiyat organlari ko‘magida u vertolyotda Qozon shahridagi ixtisoslashtirilgan klinikaga yetkazilib, u yerda ikkita murakkab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi diplomatlari, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi va Migratsiya agentligi vakillarining hamkorligi natijasida jarohatlangan fuqaro davolanishni davom ettirishi uchun tibbiyot xodimlari hamrohligida “Qozon – Toshkent” reysi bilan eson-omon yurtimizga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Nijnekamskdagi bir qator obyektlarga dronlar orqali qilingan hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan va 48 kishi jarohatlangan edi. Hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarolari ham halok bo‘lgan bo‘lib, sakkiz nafar vatandoshimizning jasadi maxsus aviareys bilan vatanga yetkazilgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish