O‘zbekiston bosh konsuli Ulan-Udeda ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

Sentabr 29, 2026. 10:30 • 52 soniya

• 40
O‘zbekiston bosh konsuli Ulan-Udeda ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

ULAN-UDE, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Ulan-Ude shahrida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Buryatiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda turli korxonalarda mehnat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi. Ularga Rossiya qonunchiligi talablari, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilish tartibi tushuntirildi.

Shu bilan birga, konsullik faoliyati va huquqiy masalalarga alohida e’tibor qaratilib, Ulan-Ude shahridagi qurilish obyektlaridan birida mehnat qilayotgan 17 nafar hamyurt konsullik hisobiga olindi.

Uchrashuv yakunida Bosh konsulxona vatandoshlarga hujjatlarni rasmiylashtirish va huquqlarini himoya qilishda doimo zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish