AQShda xususiy samolyot halokati oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Noyabr 02, 2026. 14:30 • 2 daq

• 114
AQShda xususiy samolyot halokati oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

PALM-BICH, 2-noyabr. /“Dunyo” AA/. AQShning Florida shtatida “Learjet 60” xususiy samolyoti aholi turar joylari joylashgan hududdagi ko‘chaga qulab tushishi natijasida bortdagi to‘qqiz kishining barchasi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “CNN” telekanaliga tayanib.

Halokat 1-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:50 atrofida (Toshkent vaqti bilan 22:50 da) Palm-Bich okrugining Donald Trampga tegishli Mar-a-Lago qarorgohidan taxminan 14 km uzoqlikdagi Krestxeyven tumanida sodir bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng e’lon qilingan tasvirlarda yo‘l o‘rtasida paydo bo‘lgan chuqur, yong‘in o‘choqlari va havo kemasining har tomonga sochilib ketgan parchalari aks etgan.

AQSh Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Texas shtatidagi Ostin shahridan havoga ko‘tarilib, Bagama orollari tomon yo‘l olgan.

Florida gubernatori Ron Desantis halokat videoyozuviga izoh berar ekan, qulayotgan samolyotni raketaga qiyosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo kemasi yerga deyarli tik holatda urilib, kuchli portlashni keltirib chiqargan.

Rasmiylarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yerda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Hodisa ro‘y bergan hududda momaqaldiroq va kuchli yomg‘ir kuzatilgan.

Qayd etilishicha, Donald Tramp falokatdan taxminan bir soat oldin yaqin atrofdagi aeroportdan “Air Force One” bortida uchib ketgan.

“The Wall Street Journal” surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish