Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi boshlandi
Iyun 04, 2026. 10:25 • 2 daq
• 77TOSHKЕNT, 4-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizda “Tinchlik, o‘zaro bog‘liqlik va barqarorlik: umumiy farovonlik poydevorini shakllantirish” mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov nutq so‘zladi.
Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev, BMT Bosh kotibining maxsus vakili va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) Bosh kotibi Qayrat Saribay, MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev (onlayn) ishtirok etmoqda.
Umuman, forum ishida Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Janubiy Kavkaz, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq va Amerika mamlakatlaridan 150 dan ortiq siyosiy, ishbilarmon va ekspert doiralari vakillari, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar qatnashmoqda.
Ochilish marosimidan so‘ng, “Siyosiy muloqot va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik OHICHK mintaqasida barqaror rivojlanish asoslari sifatida” mavzusida yalpi majlis bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu forum SMTI va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan OHICHK bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Samarqandda IHTning atrof-muhit bo‘yicha oltinchi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo ekologik faoliyati samaradorligining mintaqaviy sharhi bo‘yicha Samarqand bayonoti imzolandi




