Von Do Yon: “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” sammiti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi
Avgust 30, 2026. 12:00 • 2 daq
• 79
TOSHKENT, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etgan Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida o‘z tabriklarini yo‘lladi:
– Avvalo, O‘zbekiston xalqi va hukumatini mustaqillikning 35-yilligi bilan tabriklayman. Kelgusi yillarda O‘zbekistonga tinchlik, farovonlik, yanada ulkan taraqqiyot, muvaffaqiyat va yuksalish tilayman.
Yaqin kunlarda Janubiy Koreyada tarixda ilk bor “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” sammiti o‘tkazilishi hamda shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirishidan juda mamnunman.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va oldinda bizni ko‘plab muhim va aniq natijalar kutmoqda. Bunday sa’y-harakatlar xalqlarimiz tomonidan ijobiy qabul qilinishiga ishonchim komil.
Mamlakatlarimizning yaqinlashuviga sabab — Janubiy Koreya hukumati Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va liberallashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yuksak qadrlaydi. Shu tufayli, ko‘plab yurtimiz tadbirkorlari O‘zbekistonga kelishga va mamlakatga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda.
Bo‘lajak sammit mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lishi, shubhasiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi