Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Avgust 29, 2026. 19:05 • 42 soniya

24
Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

TOSHKENT, 29-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bugun Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, "Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida Hindiston Bosh vazirini davlatimiz rahbari kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish